Namangan shahar, Hamrox ko‘chasida joylashgan eski D-1000 mm magistral suv quvurida yorilish paydo bo‘lib nosozlik yuzaga keldi. Ushbu nosozlikni bartaraf qilish choralari ko‘rilishi sababli, joriy yilning 5 may kuni tunda 24-00 dan boshlab “Kurashxona” suv inshootidan “Temir yo‘l” magistral tarmoq orqali suv uzatish vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz.

Buning natijasida, Namangan shahrining markaziy qismiga ya’ni, G‘uncha, Temir yo‘l, Hamrox, S.Adashev, A.Temur, G‘irvonsoy, To‘raqo‘rg‘on, Navoiy, N.Namongoniy, Sirg‘ali, Mashrab, Nodira, Qo‘qon, Marg‘ilon, Boburshoh, Samarqand, Ko‘zagarlik, Uychi, Buramatut, Zarafshon, Dambog‘, G‘alcha, Sheroziy, Axsi, Shaldirama, Istiqlol, Ibrat ko‘chalari va ularga tutash ko‘chalarda hamda Dashtbog‘ mahallasi hududlarida ichimlik suv ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Shuningdek, viloyat gidrometeorologiya boshqarmasining habariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda viloyatimiz hududida kuchli yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Kuchli yog‘ingarchilik oqibatida Katta Namangan hamda Shimoliy Fag‘ona kanallaridagi suvning loyqaligi ortib ketishi tabiiy holat. Bunday holatlarda Qizilrovot hamda Kurashxona suv uzatish inshootlaridan suv berish majburiy ravishda to‘xtatilishi mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Namangan shahri, Chortoq hamda Uychi tumanidagi barcha iste’molchilardan ehtiyojlari uchun imkon qadar ko‘proq suv zahirasini yaratib turishlarini so‘raymiz.

Maxsus avtotransportlarda belgilangan narxlarda ta’minotda uzilish bo‘ladigan hududlarga tashib yetkazish orqali ichimlik suv ta’minoti yo‘lga qo‘yib turiladi.

Ushbu yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun jamiyat ma’muriyati iste’molchilardan uzr so‘raydi.

Murojaat uchun telefon: 69-2332314

“Namangan suv ta’minoti” MCHJ Axborot xizmati