Chop etish

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Uchqo‘rg‘on tumanida aholi yashash sharoitlari bilan tanishish hamda tomorqalardan unumli foydalanish bo‘yicha qilinayotgan ishlarni ko‘zdan kechirish maqsadida aholi xonadonlarida va dehqon xo‘jaliklarida bo‘ldi.

Islomobod MFY hududida yashovchi Ibrohim Burxonov xonadonida tashkil etilgan 8,5 sotixlik issiqxonada etishtirilayotgan pomidor pishib, sotuvidan oila byudjetiga daromad kelishga boshlagan.

Mahalla hududidagi boshqa xonadonlarda ham, issiqxonalar tashkil etilgani, tomorqalarda kartoshka, pomidor va boshqa ekinlar baravj ekanini ko‘rish mumkin.

Afsuski, bunday manzara tumanning barcha hududida ham uchramaydi.  Tuman ichki ishlar bo‘limiga biriktirilgan 3-sektor hududidagi Dehqonobod MMTPda joylashgan 11 gektar maydondagi tomorqa uchastkalarining ba’zilari umuman qarovsiz ekani, qolganlarida makkajo‘xori, beda kabi ekinlar erni band qilib qo‘yish uchun ekilgani ko‘zga tashlandi.

Viloyat hokimi tomonidan tuman hokimi va tuman IIB boshlig‘iga  bu hududda issiqxonalar tashkil etish bo‘yicha qat’iy topshiriq berildi.