Chop etish

Bugungi karantinli davrda ham byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan sud va boshqa organlar ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan,  Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida Chust  tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 14 fevraldagi xal qiluv qaroriga ko‘ra “Namangan yo‘l qurish ta’mirlash” unitar korxonasidan “Oybek trans invtst” jamiyati foydasiga 345 mln so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjatini ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorning bankdagi hisob raqamiga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilib, tegishli mol-mulklari borligi aniqlandi.  O‘z o‘rnida qarzdorlikni to‘lash yuzasidan mudddat ham byuerildi.

Asosiysi, ijro harakatlari davomida olib borilgan tushuntirishlar samara berib, yo‘l qurilish  korxonasi belgilanagn qarzdorlikni to‘lab berdi. Bundan tashqari ijro yig‘imi ham undirilib, ijro harakati amalda tamomlandi.

MIB Namangan viloyat boshqarmasi