Chop etish

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Yuksalish” kichik sanoat zonasida Namangan shahar rejasi bilan tanishdi. Ushbu rejadan viloyat markazida joylashgan mahallalar, diqqatga sazovor joylar va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘rin olgan. 

Xayrullo Bozorov ushbu rejaning elektron ko‘rinishini yaratish, bu borada “Xavfsiz shahar” loyihasidan andoza olishni taklif qildi.

—Biz bunday rejalarning zamonaviy ko‘rinishiga o‘tishimiz kerak. Ular har tomonlama qulay bo‘lib, shaharning barcha muhim manzillari va ob’ektlari haqida to‘liq ma’lumotlarni o‘zida qamrab oladi, — dedi viloyat hokimi.

“Yuksalish” kichik sanoat zonasidagi taqdimot davomida Namangan shahrida yangi tashkil etiladigan kichik sanoat zonalari, tadbirkorlar tomonidan barpo etiladigan mahalla fuqarolar yig‘inlari binolari, ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish loyihalari ham namoyish qilindi.