Chop etish

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uychi tumanining Yangier mahallasidagi xonadonlar tomorqalarida tashkil etilgan issiqxonalar bilan tanishdi.

Abdunabi G‘ofurov xonadonidagi 10 sotix yerda uchta issiqxona, mo‘jaz bog‘ bor, oila quyonchilik, chorvachilik bilan ham shug‘ullanadi. Ayni vaqtda issiqxonasida pomidor pishib etildi. Tomorqa va chorvachilikdan oila yiliga 160 million so‘mgacha daromad olmoqda.

 

Xonadon egasining viloyat hokimi bilan muloqotida shu so‘zlari e’tibor tortdi: “Qizim Nazokat 5-sinfda o‘qiydi. Quyonlar parvarishi bilan u shug‘ullanadi. Daromadi ham uning o‘ziga, kiyim-boshiga, daftar-kitobiga sarflaymiz. Mehnatsiz pul topilmasligini yoshlikdan o‘rgansin.”

Mahallada G‘ofurovlarga havas qilib, undan maslahat va ko‘mak olib issiqhona tashkil qilgan oilalar soni 50 nafarga yaqinlashdi. Yana yuzga yaqin xonadonda ham issiqhona barpo etilmoqda.