Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uychi tumanidagi Ovchibuloq MFY hududidagi sobiq sobiq g‘isht xumdoni o‘rnida mahalliy tadbirkor tomonidan 3,5 milliard so‘m o‘z mablag‘larini yo‘naltirishi natijasida tashkil topgan chorvachilik, bog‘dorchilik va baliqchilik majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

Qisqa fursatda amalga oshirilgan ishlar ko‘z quvontiradi. 2,7 gektar maydonni egallagan mazkur hududda hozirda 220 bosh qoramol, 50 bosh naslli echki, 200 bosh zotli tovuq parvarishlanmoqda.  40 sotix joyda sun’iy hovuz tashkil etilib, baliq urug‘chiligi yo‘lga qo‘yilgan.

1,5 gektar maydondagi intensiv bog‘da Ozarbayjondan keltirilgan 500 tup bodom ko‘chati, Italiyadan keltirilgan 300 tup gilos, olma, shaftoli, nok ko‘chatlari o‘tqazilib, parvarishlanmoqda.

Bog‘ qator oralaridan ham samarali foydalanilib, o‘tgan yili gektaridan 50 tonna kartoshka hosili olindi, bu yil 70 tonna hosil olish ko‘zlangan.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech