Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uychi tumanida aholi xonadonlarida bo‘lib, yashash sharoitlari hamda tomorqalardan samarali foydalanish bo‘yicha qilingan ishlar bilan tanishdi.

Tuman IIB boshlig‘i G‘ayrat G‘aniev boshchiligidagi 3-sektor hududida bu borada qilingan ishlar alohida e’tirof etildi.

“Shaftoli” MFYda istiqomat qiluvchi G‘aybullo Qirg‘izovlar oilasiga o‘tgan yili “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi doirasida 15 million so‘m imtiyozli kredit taqdim etilib, 4 sotix erda ikkita issiqxona tashkil etilgan. Bir yilga qolmay kredit to‘la qaytarilgan, oila o‘tgan davr ichida 20 million so‘mdan ortiq daromad olgan. issiqxonani ko‘zdan kechirib, oila vakillari bilan suhbatlashgan viloyat hokimi, “Tomorqadan daromad olish o‘z o‘zidan bo‘lmaydi. Buning uchun mehnat kerak, yerga mehr kerak. Mana tomorqadan yuqori daromad topish uchun kerak bo‘lgan asosiy omil” deb, bu xonadon tomorqasida qilingan ishlarni yuqori baholadi.

Shu mahalladagi kam ta’minlangan xonadonlarning ko‘piga issiqhona qurib  berilgani va bu orqali oilalarda bandlik ta’minlanganini, xonadonlarga daromad kirganini, ikki farzandi bilan boshpanasiz qolgan ayolga uy qurilishida amaliy yordam berilayotganini, o‘zini fermer xo‘jaligiga ishga joylashtirib, yordam tariqasida  xonadonga 15 bosh tovuq ham  berilganini ham qayd etish lozim.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech