Namangan viloyati Markaziy bank Bosh boshqarmasida Agrosanoat majmui va oziq-ovqat ta’minoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi ijrochi direktori Sh.Shoaxmedov hamda viloyat tijorat banklari rahbarlari ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Bunda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy investitsiya dasturida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq ishlar muhokama qilindi.

Tashrif dasturi doirasida qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida 2020 yilda 471 ta umumiy qiymati 1,5 trln.so‘mlik loyihalar amalga oshirilishi belgilangan bo‘lib, ularning 933,8 mlrd.so‘mi tashabbuskorlarning o‘z mablag‘i hisobidan, 265 tasi 493,3 mlrd.so‘mlik qismi bank kreditlari hisobidan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Xususan, joriy yil iyul oyida tarmoq jadvallariga asosan 28 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun tijorat banklari tomonidan 17,2 mlrd.so‘m miqdorida kredit ajratilishi belgilangan bo‘lib, haqiqatda 27 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 21,3 mlrd.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Shu bilan birga, joriy yil avgust oyida tasdiqlangan tarmoq jadvallariga asosan 39 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 70,7 mlrd.so‘m kredit ajratilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunga qadar 38 ta loyihalarni moliyalashtirish uchun 47,8 mlrd.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi. Qolgan loyihalarga belgilangan muddatlarda  kredit ajratilishi bo‘yicha barcha zaruriy chora-tadbirlar amalga oshirib boriladi.