Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Joriy yilning 16 iyul kuni fuqaro R.Po‘latov tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llangan videomurojaat yuzasidan

2020 yil 16 iyul kuni CHortoq tumanida yashovchi fuqaro R.Po‘latov FACABOOK ijtimoiy tarmog‘i orqali videomurojaat yo‘llagan. Unda “E-IJRO AUKSION” orqali savdoga chiqarilgan CHortoq tumani, Karoskon SHFY, Bog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan qurilish osti maydoni 2723.86 kv.metr, foydali maydoni 162.17 kv.metr, 6 xonadan iborat bo‘lgan bino-inshootni 394.075.836 so‘mga sotib olgani, biroq shu kunga qadar mazkur mulk olib berilmayotgani ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur videomurojaat, unda bildirilgan fikrlarni o‘rganish maqsdida Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan Ishchi guruh tashkil etildi. O‘rganish mobaynida Byuroning CHortoq tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudining 26.03.2019 yildagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Fazo yog‘dusi” MCHJ, qo‘shimcha javobgarlar “Stroy beton servis CHortoq” MCHJ lardan undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” Namangan mintaqaviy filiali foydasiga 391.002.324 so‘m qarz undirish belgilangan. Ushbu ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilingan. Bir necha bor ogohlantirish va qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan berilgan muddatga qaramay qarzdorlik bartaraf etilmaydi. SHundan so‘ng, sud qaroriga asosan undiruv CHortoq tumani, Karoskon SHFY, Bog‘ mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan qurilish osti maydoni 2723.86 kv.metr, foydali maydoni 162.17 kv.metr, 6 xonadan iborat bo‘lgan bino-inshootga qaratiladi. Bino xatlanib, “BEKZOD EKSPERT” MCHJ mutaxassilari tomonidan 486.854.000 so‘mga baholanadi.

Xatlangan bino-inshootni realizatsiya qilish maqsadida “E-IJRO AUKSION”ga savdoga qo‘yilgan va  fuqaro R.Po‘latov tomonidan sotib olingan. Sotuvdan tushgan pul mablag‘lari qarzdorlikni qoplash uchun undiruvchining hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

O‘rganish davomida auksion g‘olibi R.Po‘latov tomonidan binoga egalik huquqi kadastr hujjati asosida rasmiylashtirish uchun tegishli mutaxassislar bilan manzilga borilganda, ko‘chmas mulk egasi A.Ibrohimov tomonidan ko‘zdan kechirish ishlariga qarshilik qilingan. Mazkur holatdan norozi bo‘lib  A.Ibrohimov Uchqo‘rg‘on tuman ma’muriy  sudga murojaat qilgan. SHunga ko‘ra mazkur ijro hujjati Uchqo‘rg‘on tuman ma’muriy  sudining 13.07.2020 yildagi ajrimiga ko‘ra ijro harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

                                                        MIB Namangan viloyat boshqarmasi

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech