Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Sud va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta'minlash, ijro hujjatlari hamda undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish, ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiiste'molchilik holatlarining oldini olish Majburiy ijro byurosining asosiy vazifalaridan biridir. Byuroning Namangan viloyat boshqarmasi, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan bu borada tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Eng avvalo shuni ta'kidlash kerakki, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosini tashkil etilishi bilan ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Bugungi kunda Byuroning shahar va tumanlar bo‘limlarda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan ijrochilarning ish yurituvida jami 673,1 mlrd so‘mlik 132.938 ta ijro hujjatlari mavjud. Aynan davlat ijrochilarining ishini to‘g‘ri tashkil qilingani hamda sohaga zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari jadal kirib borgani natijasida 2020 yilning 1 yarim yilligi yakuni bilan  jami 391,3 mlrd so‘mlik 86.625 ta ijro hujjatlarining ijrosi to‘liq tamomlandi. Bu har bir ijrochiga o‘rtacha 455 ta ijro hujjatlari tamomlashdan to‘g‘ri keldi.

Tamomlangan ijro hujjatlarini aniq misollar orqali keltirib o‘tsak: Masalan, Byuroning Namangan shahar bo‘limi ish yurituviga Namangan tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 16 yanvardagi ijro hujjatiga asosan  viloyat bojxona boshqarmasi foydasiga jami 1.321.170.967 so‘m qarz va davlat foydasiga 26.423.062 so‘m davlat bojini undirish to‘g‘risidagi xujjat kelib tushgan edi. Mazkur ijro hujjti yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqarlar organlari hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonunning tegishli moddalariga asosan ijro ishi qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda taraflarga yuborilgan. Qarzdor jamiyatga ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilgan kundan boshlab talablarni ixtiyoriy ravishda barajarish uchun 15 kunlik muddat ham belgilangan. Biroq, shu muddat ichida jamiyat tomonidan qarzdorlik bartaraf etilmadi. Shundan so‘ng, davlat ijrochisi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi. Ya'ni, undiruv qarzdor jamiyatning hisob raqamlaridagi so‘mdagi pul mablag‘lariga qaratilgan holda band solindi. Bundan tashqari tegishli tashkilot, idoralarga mol-mulklarni aniqlash va qaratish maqsadida so‘rovnomalar ham yuborildi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natija berib, jamiyatning  qarzdorligi bojxona boshqarmasiga foydasiga undirib berildi. Amalda ijro harakatlari tamomlandi.

Shu o‘rinda alohida qayd etish joizki, bo‘limlar tomonidan davlat foydasiga undiruvlar yo‘nalishida ham tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu boradagi ishlarngi raqamlarda kelirsak, 1 yarim yillikda jami 163 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari ijrosi tamomlandi. Bu turdagi ijro xujjatlari bo‘yicha 140 mlrd so‘mlik yoki 65 foizi soliq undiruvlari tashkil etganligi sababli hamkorlikda turli tadbirlar amalga oshirib kelindi. 

Misol uchun, Byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi ish yurituvida “To‘raqo‘rg‘on issiqlik elektr energiya stansiyasi” UK dan 4 mlrd so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjatini ijrosini ta'minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, davlat ijrochilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlari hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida” gi Qonuning 23 va 86-moddalariga asosan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan. Shundan so‘ng qaror nusxasi taraflarga yuborilib, korxonaga ijro hujjati talabini bajarish uchun muddat berilgan.

Asosiysi, ijro harakatlari davomida  qarzdorga tegishligi avtotransport vositalari xatlangandan so‘ng, qarzdor korxonasi soliq qarzdorligini bartaraf etdi.

Albatta, bugungi kunda bo‘limlar tomonidan aliment undiruvlari bilan bog‘liq ishlarga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada hokimliklar, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Natijada, 6 oy davomida 28865 ta aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjjatlari ijrosi yuzasidan undiruvchilarga 4 mlrd 569 mln so‘m aliment mablag‘lari undirilib, undruvchilarga yetkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 808-sonli qaroriga asosan 118 nafar aliment to‘lovchilarimiz o‘z farzandlarini voyaga yetguncha bo‘lgan summalarni to‘lab qo‘yishdi va ijro hujjatlari amalda tamomlandi.

Shu o‘rinda alohida ta'kidlaymanki, ish bilan band bo‘lmagan aliment to‘lovlarchilarni bandligini ta'minlash, oilalarni yarashtirish ham diqqat e'tiborimizda. Bu borada olib borilgan tushuntirish va profilaktika sabab 836 ta oila yarashtirildi. Bandlik markazlari orqali esa 627 nafar aliment to‘lovchilarning bandligi ta'minlandi.

 

Xusanboy Tursunov,

MIB Namangan viloyat boshqarmasi

boshlig‘ining o‘rinbosari

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech