Namanganlik taniqli jurnalist, hozirda viloyat turizm boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgan Dilmurod Jumaboev, 2020 yil 14-16 sentyabr' kunlari onlayn formatda bo‘lib o‘tadigan Dunyo jurnalistlari konferensiyasida (World Journalists Conference-2020) ishtirok etadi.

 

Koreya jurnalistlari assosiasiyasi tomonidan 2013 yildan beri har yili Seulda o‘tkazib kelinadigan hamda har yili dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlaridan ingliz tilida ijod qiluvchi 100 dan ortiq xalqaro jurnalistlar uchun munozara maydoniga aylanib kelayotgan Butunjahon jurnalistlari konferensiyasini, bu yil pandemiya sababli onlayn o‘tkazilishiga qaror qilindi.

 

2017 yildan beri Osiyo Jurnalistlari assosiasiyasining a'zosi bo‘lgan va 2017 yilda o‘tkazilgan Butunjahon jurnalistlari konferensiyasida O‘zbekistondan yagona vakil sifatida ishtirok etib qaytgan Dilmurod Jumaboev, bu yilgi anjumanning asosiy sessiyasida ma'ruza qilishi kutilmoqda.