Joriy yilning 5-sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Ishga olishmayapti, kompensatsiya ham to‘lashmayapti” sarlavha ostida xabar joylashtirilgan.

Murojaatda Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limining sobiq davlat inspektorlari gaz va elektr korxonalariga ishga olishmayotgani, shuningdek kompensatsiya ham to‘lashmayapti deya bayon etishgan.

Mazkur murojaat, unda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan quyidagilarni ma'lum qilamiz.

Byuroning Namangan shahar bo‘limida faoliyat ko‘rsatib kelgan sobiq xodimlarga amaldagi mehnat qonunchiligiga ko‘ra ish beruvchi tomonidan ogohlantirish xatlari berilgan va ularni ish bilan ta'minlash maqsadida Namangan shahri hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 185 ta tashkilot va idoralarning 439 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilgan. Bundan tashqari avval ta'minotchi korxonalarda ishlagan keyinchalik Byuro organlariga ishga qabul qilingan 50 nafar xodimlar ro‘yxati shakllantirilib, ularni ish bilan ta'minlash uchun “Hududgazta'minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ korxonalariga taqdim etilgan. 2020 yilning 5-sentabrga  qadar 40 nafar sobiq xodimlar ta'minotchi korxona va boshqa muassasaga ishga joylashtirildi. Shu o‘rinda ta'kidlash kerakki o‘rganish davomida ayrim sobiq davlat inspektorlari taklif etilgan bo‘sh ish o‘rinlari ma'qul kelmagani uchun ishga joylashishni hohlashmagani ular bilan suhbat jarayonida ham ma'lum bo‘ldi.

Shu bilan bir qatorda  sobiq xodimlarga ishlagan davri uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar to‘lanishi ko‘rilganda, hech qanday muammolarsiz o‘z vaqtida to‘lab kelingani ma'lum bo‘ldi. Jumladan, qisqartirilgan ish o‘rinlarda mehnat qilgan sobiq xodimlarga 237. 367.080 so‘m mehnat shartnomasini bekor qilish natijasida kelib chiqadigan to‘lovlar to‘lab berilgan.

 

Majburiy ijro byurosi

Namangan viloyat boshqarmasi