Joriy yilning 31-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videolavha yuzasidan:

 

Byuroning Kosonsoy tuman bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan viloyat sudining appelyatsiya instansiyasining 03.09.2020-yildagi ajrimi asosida berilgan ijro varaqaga asosan da'vogar Abdullaeva Muxabbat Mamadjonovna da'vosiga ko‘ra, javobgarlar Toshpo‘latov Rustam Abdilatifovich, Toshpulatova Oyshajon Abdulatipovna (videomurojaatdagi nogiron fuqaro) va Mirkarimova Latifajon Ahmadjon qizini voyaga yetmagan farzandlari bilan Kosonsoy tumani, Guliston-2 MFY, Do‘stlik ko‘chasi, 8-uy, 1-xonadondan majburiy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 05.09.2020-yilda kelib tushgan hamda davlat ijrochisi tomonidan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, ijro ishi qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida javobgarga MIB-portal dasturi orqali SMS xabarnoma yuborilgan.

Mazkur ijro hujjati ijrosini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 23-oktyabr kuni sud qarorida ko‘rsatilgan manzilga 27.10.2020-yil kuni soat 15:00 ga majburiy ijro tayilash to‘g‘risida xabarnoma berilib, tuman IIB, MFY, tuman tibbiyot birlashmasi hamda javobgarlarga nusxasi taqdim etilgan.

Shunga ko‘ra, joriy yilning 27-oktyabr kuni ko‘rsatilgan manzilga xolislar ishtirokida borilganda, tuman IIB xodimlari ijro harakatlariga kech kelganligi, tuman tibbiyot birlashmasidan vakil ishtirok etmaganligi, javobgar Toshpo‘latov Rustam Abdilatifovich tuman tibbiyot birlashmasida davolanayotganligi hamda javobgar L.Mirkarimovaning bo‘limga ijro harakatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi yo‘llagan yozma murojaati asosida ushbu kungi majburiy ijro harakatlari ko‘rsatilgan manzilga borgan holda keyinga qoldirilgan hamda ushbu haqida dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Bundan tashqari, javobgarlar 26.10.2020-yilda tuman prokuraturasi hamda tuman xalq qabulxonasiga og‘zaki murojaat qilganligi sababli, 27.10.2020-yilda javobgarlar va da'vogarlar bilan ijro harakatlari o‘tkazilgunga qadar tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari tomonidan qabul qilinib, og‘zaki tushuntirish berilgan.

                                                                                                             

      MIB Namangan viloyat boshqarmasi