Voyaga yetmaganlarning huquq manfaatlarini himoya qilish, sud qarori bilan belgilangan aliment mablag‘larini o‘z vaqtida undirib berilishi borasida Byuro organlari tomonidan tizimli choralar ko‘rib kelinmoqda.

Shu bilan bir qatorda aliment mablag‘lari to‘lashdan bo‘yin tovlayotganlarga nisbatan tegishli jazolar tayinlanmoqda.
A. S turmush o‘rtog‘i bilan ajrashib ketgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining qarori bilan farzandlariga aliment to‘lanishi belgilangan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Chortoq tuman bo‘limi ish yurituviga olinib, davlat ijrochi tomonidan qaror qabul qilinib, har oyda aliment mablag‘larini to‘lab borilishi tushuntirib berilgan. Biroq, mas’uliyatini unutgan qarzdor ota bir necha ogohlantirishga qaramay o‘z farzandlari uchun aliment mablag‘larini to‘lamay keladi va qarzdorlik 12 mln. so‘mdan ortib ketadi. O‘tkazilgan sayyor sud qarori bilan unga nisbatan 8 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Yoki bo‘lmasa A.O ham aliment mablag‘larini to‘lamay kelayotgan otalardan bo‘lib chiqdi. O‘z farzandlari moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab kelgan qarzdor otaning alimentdan bo‘lgan qarzdorligi salkam 49 mln. so‘mni tashkil etadi. Bu bo‘yicha to‘plangan ijro hujjatlari atroflicha o‘rganilib, unga nisbatan ham 15 sutkalik ma’muriy qamoq belgilandi.
Fuqaro I.Y dan turmush o‘rtog‘i N.D  foydasiga 2 nafar farzandi uchun har oy topgan daromadidan aliment undirish belgilangan. Biroq, ogohlantirishga qaramay qarzdorlik 12 mln.so‘mga yetadi. Bo‘lib o‘tgan sayyor sud davomida xulosa qildi shekilli berilgan muddat ichida qarzdorlikni bartaraf etdi va ma’muriy qamoq jazosidan ozod etildi.

Ikramov Davron,

MIB Chortoq tuman bo‘limi boshlig‘i