Chop etish

Viloyat statistika boshqarmasi bergan ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 1 dekabr holatiga ko‘ra Namangan viloyatida tashkiliy huquqiy shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 18 120 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 178 taga yoki 30,0 % ga oshgan.


Shuningdek, faoliyat ko‘rsatayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 17 698 tani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 011 taga yoki 29,3 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, 2020 yilning yanvar-noyabr oylarida yangi tashkil etilgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlar soni 4 329 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 660 taga yoki 18,0 % ga oshgan.