Chop etish

Viloyat prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5 oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun mohiyatini tushuntirish bo‘yicha tadbirkorlik sub’yektlari vakillari ishtirokida uchrashuv muloqot o‘tkazdi.

Viloyat hokimligining katta majlislar zalida bo‘lib o‘tgan muloqotni viloyat hokimi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi X.Bozarov ochdi.

Darhaqiqat, Konstitutsiyamizning "Jamiyat va shaxs" deb nomlangan uchinchi bo‘limining 54-moddasida "mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart" deb belgilab qo‘yilgan. Yangi Farmon konstitutsion tartibga muvofiq yangi qulay va manfaatli me’yorlarni qamrab olganligi bilan yanada ahamiyatli.

Uchrashuv-muloqotda  viloyat prokuraturasi qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi boshlig‘i J.Azimov, viloyat xo‘jalik sudi raisi o‘rinbosari J.Qahhorov, viloyat Davlat soliq boshqarmasi  bo‘lim boshlig‘i T.Hojiyev, viloyat Savdo-sanoat palatasi o‘quv markazi direktori D.Otaboyevlarning Farmon mazmun-mohiyati yuzasidan ishtirokchilarga taqdim etgan ma’ruzalari, tadbirkorlik muhitini yanada faollashtirishga va tizimda qulay ijtimoiy ma’naviy muhitni yuzaga keltirishga o‘ziga xos dastur bo‘ldi.

Uchrashuv tadbirkorlik sub’yektlari uchun g‘oyat foydali tavsiyalari bilan ishtirokchilarga manzur bo‘ldi. Huddi shunday muloqotlar tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Axborot xizmati