Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech
Chop etish

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan shahrida tashkil etilayotgan «Orzu» kichik sanoat zonasiga tashrif buyurdi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qiladi.

 

Qariyb 10 gektar maydonni egallagan ushbu hududda 22 loyihani amalga oshirish mo‘ljallangan. Yengil sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari, elektr jihozlari, tibbiyot va poligrafiya tovarlari ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish orqali dastlabki bosqichda 2 ming 250,  ikkinchi bosqichda 1 ming 700 kishini ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Sanoat zonasida ishlash istagidagi korxonalarning hammasi o‘z tarmog‘ida tajribaga va hamkorlarga ega sub’ektlardir.

Davlatimiz rahbari mazkur korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi, ularning sifati va bozori bilan qiziqdi.

Muloqot asnosida tadbirkorlar oldida turgan muammolarni hal etish, xomashyo olish va mahsulotini sotishga ko‘maklashish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi. Xorijiy texnologiyalarni olib kelish uchun mablag‘ ajratish, eksportni kengaytirish uchun korxonalarga xalqaro maqom berish zarurligini ta’kidladi.

 

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech