Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Prezident Shavkat Mirziyoyev Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uzteks Uchqo‘rg‘on» va «Uchqo‘rg‘on tekstil» qo‘shma korxonalari faoliyati bilan tanishdi.Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qiladi.

 

Davlatimiz rahbarining avvalgi tashrifida belgilangan vazifalar doirasida bu yerda modernizatsiya va diversifikatsiya loyihalari amalga oshirilgan. Germaniya, Shveysariya, Belgiya va Turkiya kabi davlatlardan zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatilgan. Ip, kalava, sochiq va bir necha turdagi kiyim-kechaklar ishlab chiqarilayotgan korxonalarning har birida yiliga 30 million dollarlik eksport yo‘lga qo‘yilgan.

«Uzteks Uchqo‘rg‘on» korxonasida 300, «Uchqo‘rg‘on tekstil» 800  ta ish o‘rni yaratilgan. 

Joriy yil sentyabrda bu yerda shu yo‘nalishdagi yana bir korxona - «Tekstil finans Namangan» shirkatini ishga tushirish rejalashtirilgan. 

Shavkat Mirziyoyev korxonalarning ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mahsulotlar turini kengaytirish, fermer xo‘jaliklari bilan klaster usulida ishlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech