Chop etish

Bizning faxrlanadigan Vatanimiz bor, Namanganimiz bor.

        Shavkat Mirziyoyev.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu safargi tashriflari nafaqat Namanganimiz, balki mintaqamiz uchun juda namunali bo‘ldi. Ayniqsa, u kishining “Namanganliklarga bir marta aytsang tushunishadi, boshqalarga ellik marta aytsang ham tushunishmaydi” degen so‘zlari hamda “Bizning faxrlanadigan Vatanimiz bor, Namanganimiz bor”, deya qilgan e’tiroflari har bir namanganlikning qalbiga olovdek kirib keldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

 “Jahonni girdo gird kezgan sayyoh ham,

Oxirgi manzil deb seni tanlardi”.             

                          G‘afur G‘ulom.

 

     NAMANGANJONIM

Alloma shoirimiz G‘afur G‘ulom ham ,

Oshufta jon bo‘lib she’r bitdi o‘ktam,

Mehrimning rishtasi bog‘langan mahkam,

Ta’rifga so‘z ojiz, sen – bog‘i eram –

Shaharlar ichida ko‘rkam makonim,

Yerda, ko‘kda yakto Namanganjonim.

 

Bu olamda tillar bordur ming-minglab,

Ham shevalar yashar minglab, o‘n minglab,

Shirin tilim, seni mutti-muttingdek

Biron zabon turmas porlab, yaltillab.

Tili shirin, fido, jonga darmonim,

Yerda, ko‘kda yakto Namanganjonim.

 

“G‘aznai Namangon”- “Boburnoma”da

Erkalagan edi shoh Bobur to‘lib.

O‘zbegim faxrisan yashayver, mangu,

Mehr-muhabbatli gul shahri bo‘lib.

Jannat makon yurtim, jonu jahonim,

Yerda, ko‘kda yakto Namanganjonim.

 

Shoh Mashrabing ulug‘ladi, ulug‘im,

Fazliy, Shavqiy, Nodim, Majzub ruhi senga yor...

Usmon Nosir armonlari, ohisan,

Habib e’zozlab, Kamol chertdi tor.

Toki tirikdurman hayot mezonim,

Yerda, ko‘kda yakto Namanganjonim.

 

Dunyoni hayratga solgansan o‘zing,

Quvonchim, ilhomim, nazmim, dostonim.

Qatig‘ing, qaymog‘ing, shirmoyi yuzing,

Sahiy dasturxonsan, sunbulustonim.

Gullaring, so‘lmasin, faxrim, marjonim,

Yerda, ko‘kda yakto Namanganjonim.

 

Ko‘cha, bog‘laringning sehri o‘zgacha,

Munkillagan chol-chi, yasharar bunda.

Hayoli, iboli qizlaring biyron-

Sahar ko‘chalarga oro berganda.

Oshiqlar dardiga lutfu ehsonim,

Yerda, ko‘kda yakto Namanganjonim.

 

O‘zbegimning durdonasi Farg‘onam,

Vodiy marjonasi o‘zingsan jonim.

Vasfing kuylamoqqa so‘z topolmadim,

Shoirlardan ortgani shu mening borim.

Yashnayver, gullayver, ey gulafshonim,

Yerda, ko‘kda yakto Namanganjonim.

 

Gulga oshiqlarga sarbonsan o‘zing,

 Gird kapalak mezbon, bo‘stonsan o‘zing,

Yomonlardan nolon, yaxshiga qurbon,

Xushxonsan, eram lol, fattonsan o‘zing,

Qosimiyga darmon, elga qalqonim-

Yerda, ko‘kda yakto Namanganjonim.

 

         Abdumutallib Qosimov (Fidoyi).