O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Uchqo‘rg‘on tuman USTKga qarashli kartadromda «Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» shiori ostida festival o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 400 nafardan ziyod kasb-hunar kolleji va umumta’lim maktablarining o‘quvchi-yoshlari qatnashdi.

 

 

Festivalda sportning texnik va amaliy turlari hisoblangan: Yozgi Olimpiada o‘yinlari dasturiga kiritilgan o‘q otish, triatlon hamda yozgi biatlon, avtosport, motosport, karting, radiosport, raketamodel, aviamodel, sudomodel, kemamodel, modelsozlik kabi 15 turdagi ko‘rgazmali sport chiqishlari namoyish etildi.  Ushbu festivalni o‘tkazishdan  asosiy maqsad, yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli va qiziqarli o‘tkazish uchun sportning texnik va amaliy turlariga keng jalb qilishdan iborat. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronbayev ishtirok etdi.

foto: Rahmonjon Mamadaliyev