Shoir, publitsist, akademik Abdulla Jalil tavallud topgan kunga 70 yil to‘lishi munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida adabiy kecha o‘tkazildi.

 

Viloyat hokimining o‘rinbosari Paxriddin Matkarimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari G‘ayrat Majid va taniqli shoir Rustam Musulmon, Turon fanlar akademiyasining prezidenti, tarix fanlari doktori X.Bobobekov, Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Xurshida Quchqorova, O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi rahbari, yozuvchi Mahmudjon Parpiyevlar tabrik uchun so‘zga chiqdilar.

Teatr xonanda va sozandalari tomonidan  ijro etilgan kuy-qo‘shiq va raqslar tomosha zaliga jam bo‘lgan  jamoatchilik vakillariga  ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

 Yozuvchilar uyushmasi a’zosi  Sodiq Sayhun, surxondaryolik shoir Juman Mirzoning chiqishlari Abdulla Jalil tahsil olgan  Namangan shahridagi  3-o‘rta maktab o‘quvchilari ishtirokidagi  adabiy kompozitsiyaga ulandi.

 Adabiy kecha “Shodiyona” tantanalar majmuasida yozilgan to‘kin dasturxon atrofida ham davom etdi.