May oyida 253 774 nafar band bo‘lmagan  fuqarolarga 116 161 297 502,08 so‘m miqdoridagi pensiya va nafaqa pullari yetkazilishi kerak edi. Amalda ularning 251 216 nafariga 115 245 352 216,17 so‘m miqdoridagi pensiya va nafaqa pullari yetkazildi. Qolgan 915 945 285,91 so‘m miqdoridagi 2 558 nafar fuqarolarga tegishli bo‘lgan pensiya va nafaqa pullari (shundan, 479 nafarining 213 788 702,52 so‘mlik pensiya va nafaqa pullari vafot etganligi sababli, 3 nafarining 1 636 663,36 so‘mi ko‘chib ketganligi sababli, 2 032 nafarining 685 213 348,11 so‘mi vaqtincha uyida yo‘qligi sababli, 1 nafarining 361 303,61 so‘mi ishga kirganligi sababli va 43 nafarining 14 945 268,31 so‘mi boshqa sabablarga ko‘ra Xalq banki tomonidan) to‘lanmasdan qaytarildi.

 

Qonunchilikka asosan pensiya va nafaqa pullarini o`z egalariga tarqatish jarayonida hech qanday to‘lovlar va ustamalar olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Pensiya va nafaqa pulini o‘z vaqtida olmagan fuqarolar Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.

 

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan

tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasi