Chop etish

2018 yil 30 may kuni viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

 

Unda boshqarma boshlig‘i M.Apaqov va boshqa mutasaddilar atmosfera havosi, yer, suv resurslarini muhofaza qilish, biologik xilma-xillikni saqlash, atrof-muhit ifloslanishi hamda qonunbuzilish holatlarining oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritishdi.

Ma’lum qilinishicha, soha xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar natijasida 762 nafar mansabdor shaxs va fuqarolar tomonidan tabiatni muhofaza qilishga oid qonunlar talablarini buzish holatlari aniqlanib, ularga nisbatan 140,6 million so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llangan.

Shuningdek, yer osti va yer usti boyliklari, viloyatimizning o‘simlik va hayvonot dunyosini asrab-avaylash, tabiat musaffoligini ta’minlash, fuqarolar salomatligini mustahkamlash, ekoturizmni rivojlantirish, targ‘ibotni kuchaytirish borasidagi chora-tadbirlar va yana bir qator muhim masalalar haqida ma’lumotlar berildi.

Ommaviy axborot vositalari xodimlari soha mutasaddilari bilan yuzma-yuz muloqot jarayonida kun tartibidagi masala yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

 

Bir guruh jurnalistlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.