Bugun viloyat hokimligi tizimidagi boshqarma va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqalari boshlandi.

Shu munosabat bilan Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tantanali marosim o‘tkazildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Paxriddin Matkarimov ushbu musobaqa viloyatimizda ilk marotaba o‘tkazilayotganini e’tirof etdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

 

Mini-futbol o‘yinlarida 24 ta jamoa bahsga kirishdi. Birinchi kun natijalariga ko‘ra, eng yirik natija O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillarini 15:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan viloyat hokimligi vakillariga nasib etdi.

Mazkur sport turi bo‘yicha qolgan o‘yinlarda quyidagi natijalar qayd etildi:

Viloyat madaniyat boshqarmasi – "O‘ztransgaz" viloyat boshqarmasi-6:4;

Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi – "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi-5:6;

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti viloyat kengashi – Namangan muhandislik-texnologiya instituti-1:4;

Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi – Namangan muhandislik-qurilish instituti-6:3;

Namangan davlat universiteti – viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi-7:3;
Viloyat iqtisodiyot boshqarmasi – Markaziy bank viloyat boshqarmasi 1:7;

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi – viloyat statistika boshqarmasi-2:3;
“O‘ztelekom” AK viloyat filiali – viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi-2:5;
Viloyat ichki ishlar boshqarmasi – "Avtoyo‘l"-6:6, Penaltilar bo‘yicha 2:1;
Viloyat bandlik bosh boshqarmasi – viloyat xalq ta’limi boshqarmasi-1:3.

 

Stol tennisi bo‘yicha birinchi kun uchrashuvlarining 1-, 2- va 3-tur o‘yinlarida Namangan muhandislik-qurilishi instituti, viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasi, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat gaz, O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti viloyat kengashi, Namangan davlat universiteti keyingi bosqichlarda bellashuvni davom ettirish imkoniyatini saqlab qoldilar.

Voleybol  bo‘yicha dastlabki kun natijalari quyidagicha bo‘ldi:
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti viloyat kengashi – viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi-2:0;

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi – Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi-2:0;

Namangan muhandislik-qurilish instituti – Markaziy bank viloyat boshqarmasi-2:0;

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi – Namangan muhandislik-texnologiya instituti-2:1;

Viloyat gaz – "Mahalla" xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi-2:0.

Kubok bellashuvlari “Barkamol avlod” sport majmuasi va Namangan muhandislik-qurilish instituti sport zalida 2 iyun kuniga qadar davom etadi.