Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov Turkiya davlatining Istanbul shahrida 38 davlat vakillari ishtirokida shotakan karate-do bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan g‘alaba bilan qaytgan yosh sportchilar – Ikromjon Fayzullayev va Muhammadsiddiq Abdumutalovni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.

 

Mazkur musobaqada 57 kilogramm vazn toifasida raqiblaridan ustunligini namoyon qilib, oltin medal va jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Ikromjon Fayzullayev Namangan shahridagi     1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf  o‘quvchisi, shuningdek, 1-sonli bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchisi hamdir.

Kosonsoy tumanida sportchilar oilasida tug‘ilib o‘sgan Muhammadsiddiq Abdumutalov esa bu nufuzli musobaqada 60 kilogramm vazn toifasida kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi. Har ikki yosh sportchilarga kelgusi bahslarlarda ham omad yor bo‘lishini tilaymiz.