Chop etish

Olmos - Chust tumanining tog‘ oldi hududi hisoblanadi. O‘ttiz mingdan ziyod aholi yashaydigan shaharchada  hozirgacha hududiy shifoxona faoliyat ko‘rsatar edi. Birlamchi tizimdagi islohotlar jarayonida aholi talab-istaklari inobatga olinib, muassasa binosi o‘rnida 46-oilaviy poliklinika tashkil etildi. Bino va inshootlar rekonstruksiya qilinib, ko‘rkam va zamonaviy tibbiyot maskaniga aylantirildi. «Salomatlik-3» loyihasi doirasida zamonaviy strelizatsiya qilish apparati, ultratovushli skaner, UTT apparati keltirildi.

 

Poliklinikaning ochilish marosimi katta tantanaga aylanib ketdi. Chust tumani hokimi Bahodir Oxunov, viloyat soliqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Solijon Mo‘minov tadbir ishtirokchilarini yangi shifo maskani bilan qutlab, yaqin orada mazkur maskan imkoniyatlari yanada kengaytirilishi haqida gapirdilar.

Tadbirda 46-oilaviy poliklinika boshlanich kasaba uyushma qo‘mitasi raisi        T. Olimova, mehnat faxriylari M. Mamadaliyev, A. Mahkamov va boshqalar minnatdorchilik izhor etdilar.

Poliklinika binosini qayta ta’mirlashda ishtirok etgan ilg‘or quruvchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shundan so‘ng mehmonlar «Ijtimoiy dorixona»,  bolalar hamda  kattalar uchun mo‘ljallangan 50 o‘rinli  davolash  bo‘limi, «Tez tibbiy yordam» shahobchasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.