Chop etish

2018 yil 9 iyun kuni viloyat saylov komissiyasida viloyat, shahar va tumanlar saylov komissiyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini uslubiy ta’minlashga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda viloyat, shahar va tumanlar saylov komissiyalari raislari, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining tashkiliy-nazorat guruhi rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Viloyat saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi kotibi Bobur Kamolov hamda viloyat saylov komissiyasi raisi Shokirjon Mirzahmedov ishtirokchilarni joriy yilning 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida bo‘lib o‘tgan davra suhbati tafsilotlari va Markaziy saylov komissiyasining 2017 yil davomida qabul qilgan qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2018 yil 4 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2019 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tadbirlar Dasturi to‘g‘risida”gi 874-sonli qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o‘tishdi.

Viloyat hokimligining Tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Bahodir Boboxonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 2019 yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayonida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalarni belgilab berdi.

 

Seminar-yig‘ilishida saylov komissiyalarining asosiy vazifa, faoliyat yo‘nalishlari, huquqlari doirasi, xizmat majburiyatlari, saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish, saylov hujjatlarini tayyorlash va rasmiylashtirish, umuman, saylov jarayonida faoliyatni tashkil etishning uslubiy masalalari ham atroflicha muhokama qilindi va kelgusi vazifalar belgilab olindi.