Chop etish

Band bo‘lmagan fuqarolarga 116 489 407 367,02 so‘m, shundan 185 159 nafar yoshga doir pensiyasi oluvchi fuqarolarga 87 135 295 635,10 so‘m, 28 439 nafar nogironlik pensiyasi oluvchi fuqarolarga 13 389 574 140,99 so‘m, 16 029 nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi fuqarolarga 5 294 867 786,81 so‘m, 25 404 nafar ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqarolarga  7 977 093 074,85 so‘mlik pensiya va nafaqa to‘lovlarini hamda 2 692 576 729,27 so‘mlik boshqa (kompensatsiya, suyunchi, dafn pullari va boshqalar) oylik to‘lovlarni o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning  6 iyun sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirildi.

 

Shuningdek, 1 623 ta korxona, tashkilot va muassasalarning talabnomalariga asosan jami 3 268 251 342,19 so‘m, shundan ishlovchi 5 329 nafar pensionerlarga 2 817 201 582,19 so‘m (pensiya pulini 100 foiz miqdorda oluvchi 1 732 nafar pensionerlarga 1 440 818 147,88 so‘m, 50 foiz miqdorda oluvchi 3 597 nafar 1 376 383 434,31 so‘m) hamda 451 049 760,00 so‘mlik boshqa (kompensatsiya, suyunchi, dafn pullari va boshqalar) oylik to‘lovlar 13 iyun sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirildi.

 

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan

tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasi