Yaponiya tabiiy resurslarga boy bo‘lmasada, ularni qayta ishlash bo‘yicha eng ilg‘or mamlakat hisoblanadi. Xuddi shunday tendensiyani qishloq xo‘jaligida ham kuzatish mumkin.

Yaponiyaning Rossiya hamda MDH bilan savdo aloqalari uchun mas’ul “Rotobo” kompaniyasi Namangan yapon invetsiyasini jalb etishda ko‘maklashadi. Bu haqda Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari Okibjon Inamov va kompaniya rahbari Masumi Xara o‘rtasidagi uchrashuvda kelishuvga erishildi. Namangan investitsion hamda turizm salohiyati taqdimoti, yurtimizda xorijlik sarmoyadorlarga yaratib berilayotgan sharoitlar yaponlarda  katta taassurot qoldirdi.

Kunchiqar o‘lkada amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Namangan viloyati delegatsiyasi Yaponiyaning fan va texnologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlariga ixtisoslashgan “Japan science and Technology agency” agentligi rahbariyati bilan uchrashdi.

Ayni kunlarda viloyat hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov rahbarligidagi Namangan viloyati delegatsiyasi qator sohalarda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida YAponiya davlatida bo‘lib turibdi.

Yurtboshimiz tomonlaridan mamlakatimiz rivoji va xalq manfaati yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar har jabhada o‘z ifodasini topmoqda.

6 dekabr kuni Namangan shahrida Prezident maktabining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni ochib bergan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov o‘z so‘zida bugun namanganliklar uchun tom ma’noda buyuk sana ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Shu yilning 29 noyabr – 1 dekabr kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha premer-liga xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning 89 ta davlatidan 737 nafar sportchi ishtirok etdi.