Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Fuqarolarning ijtimoiy sug‘urtalash tizimidagi uzluksiz ishtirokini rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, pensionerlarning moddiy ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga fiskal yukning mo‘tadilligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek barqaror pensiya tizimiga erishish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sizdan fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh etish bo‘yicha ishlab chiqilgan Konsepsiya loyihasiga o‘z fikr va mulohazalaringizni bildirishingizni so‘raydi.

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912” - 3:0 (2:0)

Namangan. “Markaziy” o‘yingoh. 11350 tomoshabin.

Tadbirkorlar bilan o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davom etmoqda. Navbatdagi ochiq muloqotda 10 nafar tadbirkorning murojaati ko‘rib chiqildi va ularga mutasaddilar ishtirokida amaliy yordam berildi.

2018 yil 9 iyun kuni viloyat saylov komissiyasida viloyat, shahar va tumanlar saylov komissiyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini uslubiy ta’minlashga bag‘ishlangan seminar-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2018 yil 8 iyun kuni Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida aholini “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi tashkiliy asoslari bilan yaqindan tanishtirish maslalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Namangan viloyati hokimligida Janubiy Koreyaning Puchon universiteti professori Li Dong Vuk bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida, Namangan viloyati va Janubiy Koreya o‘rtasida ta’lim tizimi bo‘yicha hamkorlik munosabatlarining istiqboldagi rejalari, xususan, Namanganda Janubiy Koreya modelidagi maktabgacha ta’lim muassasasi, umumta’lim maktabi va oliy o‘quv yurti tashkil etish borasida fikr almashildi.

Olmos - Chust tumanining tog‘ oldi hududi hisoblanadi. O‘ttiz mingdan ziyod aholi yashaydigan shaharchada  hozirgacha hududiy shifoxona faoliyat ko‘rsatar edi. Birlamchi tizimdagi islohotlar jarayonida aholi talab-istaklari inobatga olinib, muassasa binosi o‘rnida 46-oilaviy poliklinika tashkil etildi. Bino va inshootlar rekonstruksiya qilinib, ko‘rkam va zamonaviy tibbiyot maskaniga aylantirildi. «Salomatlik-3» loyihasi doirasida zamonaviy strelizatsiya qilish apparati, ultratovushli skaner, UTT apparati keltirildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech