Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Respublikamiz tibbiyot oliygohlari, ilmiy-tekshirish institutlari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, klinik shifoxonalari olim shifokorlari, yetakchi mutaxassislardan iborat guruh viloyatimizda namanganlik hamkasblari bilan hamkorlikda ish olib borishyapti.

Namanganda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Eng iste’dodli kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblari taqdirlandi.

Mamlakatimiz bo‘ylab tennis bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi “Fyuchers” turniri davom etmoqda.

2018 yil 5 iyun kuni Namangan viloyati hokimligida Sloveniya Respublikasining Xalqaro hamkorlik va rivojlanish markazi (CMSR)ning MDH davlatlari bo‘yicha rasmiy vakili Davlat Yusupov va ushbu markazning moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha tahlilchisi Toxir Shabaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun viloyat hokimligida xalq  deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda “Viloyatda qishloq xo‘jaligida suvdan oqilona foydalanish, suv tanqisligining oqibatlarini yumshatish, g‘o‘zadan kafolatli hosil yaratishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi masala muhokama qilindi.

Viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a’zosi Xayrullo Bozarov Turkiya davlatining Istanbul shahrida 38 davlat vakillari ishtirokida shotakan karate-do bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan g‘alaba bilan qaytgan yosh sportchilar – Ikromjon Fayzullayev va Muhammadsiddiq Abdumutalovni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.

2018 yil 2 iyun kuni Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonida  58-an’anaviy “Gul bayrami”ning tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalarning rahbar va xodimlari, xorijlik mehmonlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech