Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Bugun Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Muhammad Bobur  nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i hududidagi “Nuroniylar” dam olish maskanida Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Har bir bolaga mehr-e’tibor” shiori ostida xayriya tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, Namangan shahri va tumanlardan ijtimoiy himoyaga muhtoj, imkoniyati cheklangan bolalar taklif etildi. Ular uchun dasturxon yozilib, viloyat hokimining sovg‘alari tarqatildi, totli muzqaymoqlar bilan siylandi. Konsert dasturlari bolalarga xushkayfiyat baxsh etdi. Shu kuni attraksionlar ham bolalar ixtiyorida bo‘ldi.

2018 yil 1 iyun kuni Namangan viloyatida qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan innovatsion texnologiyalarni o‘rganishga bag‘ishlangan respublika seminari bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan ilg‘or fermer va tadbirkorlar namanganliklarning ayni yo‘nalishdagi tajribalari bilan yaqindan tanishdilar.

Namangan shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining posbon va kotiblari birinchi yordam ko‘rsatish asoslari bo‘yicha o‘qitildi.

O‘quv kursi dasturiga ko‘ra, tinglovchilarga O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyati maqsad va vazifalari, anatomiya va fiziologiya asoslari, nafas yo‘llarining siqilishi, nafas olishning buzilishi va to‘xtab qolishi, yurak xuruji, yurakning to‘xtab qolishi, jarohatlar va kuyish, tayanch harakati apparati jarohatlari, bosh-umurtqa jarohatlari, yo‘l-transport hodisalari, hushdan ketishga olib keladigan kasallik va holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish tartib-qoidalari bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.

Namangan shahri ko‘chalarida muallaq, ya’ni havoda osilib turgandek ko‘rinadigan piyodalar o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi.

Bugun viloyat hokimligi tizimidagi boshqarma va tashkilotlar xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol, stol tennisi va voleybol turlari bo‘yicha “Hokim kubogi” musobaqalari boshlandi.

Shu munosabat bilan Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasida tantanali marosim o‘tkazildi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Paxriddin Matkarimov ushbu musobaqa viloyatimizda ilk marotaba o‘tkazilayotganini e’tirof etdi va ishtirokchilarga omad tiladi.

Hozirgacha Mingbuloq tumani hokimining o‘rinbosari – tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Qo‘chqarova Iroda Sadiqovna viloyat hokimining 2018 yil 30 maydagi qarori bilan viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi  etib tayinlandi.

2018 yil 30 may kuni viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan 5 iyun – Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni oldidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech