Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Genetika – irsiyatning bir qonuniyati bor: yer yuzidagi barcha mavjudotning tug‘ma xususiyatlari – fazilat yoki qusurlari DNK molekulyar zanjiri orqali keyingi avlodlarning qay birida bo‘lsin, albatta, takroran yana yuzaga chiqadi, aslo yo‘q bo‘lib ketmaydi.

To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 9-bolalar musiqa va san’at maktabida Namangan  viloyatining barcha darajadagi mahalliy hokimliklarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahar tibbiyot birlashmasi majlislar zalida “Yilning eng faol yosh shifokori” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yil aprel oyida ko‘rik-tanlovning birinchi bosqichida g‘olib bo‘lgan  13 nafar  yosh shifokor sohaga yangi innovatsiyalarni tatbiq etish bo‘yicha mahoratlarini namoyish qildilar.

Namanganda an’anaviy Mashrabxonlik haftaligi davom etmoqda. “Uch favvora” xiyobonida tashkil etilgan adabiy-badiiy kecha “Mashrabning ona yurtiga qaytishi” kompozitsiyasi bilan boshlandi. Boborahim Mashrab g‘azallari asosida yaratilgan qo‘shiqlar, mushoiralar ham ishtirokchilarga manzur bo‘lmoqda.

May oyida 253 774 nafar band bo‘lmagan  fuqarolarga 116 161 297 502,08 so‘m miqdoridagi pensiya va nafaqa pullari yetkazilishi kerak edi. Amalda ularning 251 216 nafariga 115 245 352 216,17 so‘m miqdoridagi pensiya va nafaqa pullari yetkazildi. Qolgan 915 945 285,91 so‘m miqdoridagi 2 558 nafar fuqarolarga tegishli bo‘lgan pensiya va nafaqa pullari (shundan, 479 nafarining 213 788 702,52 so‘mlik pensiya va nafaqa pullari vafot etganligi sababli, 3 nafarining 1 636 663,36 so‘mi ko‘chib ketganligi sababli, 2 032 nafarining 685 213 348,11 so‘mi vaqtincha uyida yo‘qligi sababli, 1 nafarining 361 303,61 so‘mi ishga kirganligi sababli va 43 nafarining 14 945 268,31 so‘mi boshqa sabablarga ko‘ra Xalq banki tomonidan) to‘lanmasdan qaytarildi.

Nodira nomidagi viloyat axborot kutubxona markazida yozuvchi Mahmudjon Parpieyvning Toshkentdagi “Turon” nashriyotida chop etilgan “Namozshomgul” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.  Adabiyotshunos olimlar, ijodkor ziyolilar va talaba yoshlar  ishtirokidagi anjumanda yangi asar badiiy-uslubiy, lisoniy, ijtimoiy ahamiyati jihatidan muhokama qilindi.

Namanganda an’anaviy Mashrabxonlik haftaligi  bu gal  bir qator o‘ziga xosliklar bilan boshlandi.  Boborahim Mashrabning haykali qad rostlagan maydon “Adiblar xiyoboni” deb nomlanib,  bu go‘shadan  Mashrab izdoshlari sifatida  milliy adabiyotmizga  bebaho ijod namunalari  bilan katta hissa qo‘shgan Nodim Namangoniy, Xilvatiy, Muhammadsharif So‘fizoda, Is`hoqxon To‘ra Ibrat, Nabixon Chustiy, Rafiq Mo‘min, Usmon Nosir, Zafar Diyor, Husniddin Sharipov, Habib Sa’dulla singari o‘n nafar  adibning byustlari joy oldi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech