Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Respublika «Mahalla» xayriya jamoat fondining tashabbusi bilan Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim, Madaniyat va sport ishlari vazirliklari, «Nuroniy» jamg’armasi, «Kamolot» Yoshlar Ijtimoiy Harakati, O’rta maxsus, kasb-hunar  ta’limi markazi, Ma’naviyat targ’iboti markazi, Milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda «qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam!» shiori ostida o’tkazib kelinayotgan «Mahalla – mening taqdirimda» ko’rik-tanlovining mazmun-mohiyati yoshlar ta’lim-tarbiyasini yanada rivojlantirish, ularni kelgusida jamiyat va xalq uchun chin insonlar bo’lib kamol topishlariga qaratilgan.

Loyiha 2010 yildan e’tiboran O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan hamkorlikda Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlarida mahalliy boshqaruv organlarining huquqiy, texnik va kadrlar salohiyatini takomillashtirish maqsadida amalga oshirib kelinadi.

Namanganda 2016 yilda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2017 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim yo’nalishlari va ustuvor vazifalari  amalga oshirilishini so’zsiz ta’minlash chora - tadbirlariga bag’ishlangan faollar yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Namangan viloyati Arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig'i Ilhomjon Xabibullaevich Isomiddinovning virtual qabulxonasi ish boshladi.

Bizning tariximiz ulug‘ ajdodlarimiz bilan buyukdir. Buyuk kelajakni qurish esa yosh avlod qo‘lida. Buning uchun albatta, yoshlarimizni har tomonlama qo‘llab quvvatlab, orzu-intilishlari ro‘yobi yo‘lida yelkama-elka turib har jihatdan amaliy ko‘mak berishimiz barchamizning oldimizda turgan eng ustuvor vazifa. Viloyat hokimligi va “Kamolot” YoIH hamkorligida o‘tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov ana shunday fikr-mulohazalarni alohida ta’kidladi.

Joriy yilning 18 yanvar kuni Namangan shahar hokimligining katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Bosh Prokurori I.Abdullaev, Ichki ishlar vaziri A.Azizov hamda Davlat soliq qo’mitasi raisi B.Parpievlar ishtirokida viloyatdagi tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan fuqarolarga faoliyatni amalga oshirishlarida yuzaga kelayotgan muammo, to’siq va g’ovlarni bartaraf etish hamda amaliy yordamlar ko’rsatish to’g’risida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.

Namanganda Hindistonning dunyoga mashhur MJ Group kompaniyasining moliyaviy ishtirokida yangi formatsevtika korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech