Namanganda 23 noyabr – «Vatanparvar» tashkiloti tashkil topgan kunning 28 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

22 noyabr kuni Chust tumanida Fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

22 noyabr kuni Namangan davlat universitetida viloyat “Millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar qatori diniy-ma’rifiy sohani yanada rivojlantirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida 2018 yilning 16 aprel kuni e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni ko‘p asrlik milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish, uning asosida yoshlarni komil inson etib tarbiyalash jamiyatda barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhitni ta’minlashning muhim shartlaridan ekanligini yana bir bor isbotlab beradi.

Ikki shahar o‘rtasida turli yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ushbu memorandum, kelgusida Namangan va Szyanyuning birodarlashgan shaharlarga aylanishini ko‘zda tutadi.

Namangan shahridagi 3-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internetida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. 3 soatdan ortiq davom etgan qabul chog‘ida yuzdan ortiq murojaat ko‘rib chiqildi.

Viloyat kasaba uyushmalari majlislar zalida Namangan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan yig‘ilishni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Ayubxon Kamolov ochdi va olib bordi. Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ularga kredit, yer ajratish va boshqa sohalarda sharoitlarning yaratilishida mahalliy hokimliklar, soliq va bank tizimi zimmasidagi vazifalar haqida gapirib o‘tdi.