Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Shoir, publitsist, akademik Abdulla Jalil tavallud topgan kunga 70 yil to‘lishi munosabati bilan viloyat musiqali drama teatrida adabiy kecha o‘tkazildi.

Viloyat hokimligida hududlarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashish respublika komissiyasi va xalq deputatlari viloyat kengashining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yer osti qazilma boyliklarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish, daryo va soylar o‘zanlaridan qum-shag‘al matyerillarini noqonuniy qazib olishning oldini olish – atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining qator moddalariga, shu jumladan, yer osti boyliklarini muxofaza qilish, daryo va soylar o‘zanlaridan qum-shag‘al matyeriallarini noqonuniy qazib olish sohasidagi qonunbuzilishlarga oid o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Viloyat ekologiya va atrof muhitnni muxofaza qilish boshqarmasi suv, yer resurslari va yer osti boyliklarini muxofaza qilish bo‘limi boshlig‘i A.Aliqulovbilan suhbat aynan shu mavzuga bag‘ishlandi.

Davlatimiz rahbarining Namanganga, xususan, To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Ishoqxon To‘ra Ibrat memorial majmuasiga tashrifi va ma’rifatparvar alloma xotirasiga cheksiz ehtirom ko‘rsatgani barchamizni behad  g‘ururlantirdi. 

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Namangan viloyati kengashi tasarrufidagi Uchqo‘rg‘on tuman USTKga qarashli kartadromda «Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash» shiori ostida festival o‘tkazildi. Mazkur tadbirda 400 nafardan ziyod kasb-hunar kolleji va umumta’lim maktablarining o‘quvchi-yoshlari qatnashdi.

Ma’lumki, Prezidentimiz Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida Ibrat nomidagi maktab-internetga borib, u yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi, o‘quvchilar bilan suhbatlashdi. Natijada mazkur bilim maskaniga qiziqish kuchayib, unda o‘qish istagidagi o‘quvchilarning soni ortdi. Shunga yarasha savollar ham ko‘paydi. Biz ko‘pchilikni qiziqtirayotgan savollarga javob olish maqsadida Is’hoqxon Ibrat nomidagi xorijiy tillarga ixtisoslashgan maktab-internat direktori, filologiya fanlari nomzodi, NamDU dotsenti Zohidjon SODIQOV bilan suhbatlashdik.

Namangan tumanidagi “Muslima-2001” MCHJga qarashli sport majmuasida viloyat davlat soliq boshqarmasidagi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti hamda boshqarma kasaba uyushmasi tashabbusi bilan viloyat soliq organlari xodimlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda soliq idoralarining 13 ta jamoasi g‘oliblik uchun bellashdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech