Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan davlat universitetida Namangan shahri va tumanlar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari, ichki ishlar bo‘limlari boshliqlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Kengashlari raislari hamda “Mahalla” hayriya jamoat fondi raislarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari faoliyatini rivojlantirish, uslubiy yordam berish hamda ularning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

2018 yil 10 may kuni Namangan viloyati hokimligining axborot xizmati va O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi huzuridagi davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida aholini “Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi tashkiliy asoslari bilan yaqindan tanishtirish maslalalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 29 martdagi “Obod qishloq” dasturi to‘g‘risda”gi farmoni va “Obod qishloq” dasturini 2018 yilda amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash borasida Namangan shahri va barcha tumanlarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun  mamlakatimizning barcha hududida bo‘lgani kabi Namangan viloyatida ham Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi Jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi keng nishonlandi. Namangan shahridagi Xotira xiyobonida harbiy orkestr sadolari yangradi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozarov Motamsaro ona haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu muqaddas joy davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan qo‘yilgan gullarga burkandi.  

Gullar shahri – Namanganimizning bugungi tarovatida islohiy intilishlarning yuksak samaralari mujassam. So‘lim xiyobonlar, yo‘lu yo‘laklar manzarasi turfa gullardan yanada oroyishli, osoyishli. Viloyatimiz shahar va tumanlarining tutash yo‘llari piyodayu ulovdagilarning barchasini birday  ezgulikka, buyuk bunyodkorliklarga da’vat etuvchi turfa gulu chechaklar bilan zebolanmoqda.

Bizning faxrlanadigan Vatanimiz bor, Namanganimiz bor.

        Shavkat Mirziyoyev.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning bu safargi tashriflari nafaqat Namanganimiz, balki mintaqamiz uchun juda namunali bo‘ldi. Ayniqsa, u kishining “Namanganliklarga bir marta aytsang tushunishadi, boshqalarga ellik marta aytsang ham tushunishmaydi” degen so‘zlari hamda “Bizning faxrlanadigan Vatanimiz bor, Namanganimiz bor”, deya qilgan e’tiroflari har bir namanganlikning qalbiga olovdek kirib keldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi.

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 3 nafar namanganlik faxriylar Prezidentimiz tomonidan munosib taqdirlandilar. Shu munosabat bilan viloyat hokimligida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech