Keyingi yillarda yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha bir qator amaliy ishlar qilinmoqda. Ayniqsa, davlatimiz rahbari tomonidan ta’lim va ilm-fan tizimini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan farmon va qarorlar turli soha va tarmoqlarni jadal rivojlantirishga qodir bo‘lgan yangi, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan ulkan marralarga erishishning jadallashuviga turtki bermoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida shu yil 6-10 sentyabr kunlari 44 mamlakatdan kelgan delegatsiyalar ishtirokida birinchi xalqaro maqomchilar anjumani bo‘lib o‘tdi.

Viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, tegishli boshqarma va tashkilotlar, bank muassasalari mas’ul xodimlari, ishlab chiqarish korxonalari, Farg‘ona, Andijon viloyatlari, mahalliy tadbirkor va ishbilarmonlar, AQSH, Gollandiya, Daniya davlatlardan tashrif buyurgan hamkor biznesmenlar vakillari ishtirokida o‘tgan forumda viloyatning investitsiya salohiyati va uni ro‘yobga chiqarish borasida erishilayotgan natijalar, istiqboldagi imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berildi.

Viloyat hokimligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida viloyat xalq ta’limi boshqarmasi, “Murabbiy” va “Bolalar dunyosi” gazetalari tahririyatlari tomonidan pedagog va o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

2018 yilning 12 sentyabr kuni, soat 10:00 da Namangan viloyati investitsion salohiyatini namoyish qilish maqsadida Namangan shahridagi “Yoshlar markazi”da  Respublika ishchi guruhi, viloyat hokimligi hamda viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Namangan investitsiya biznes-forumi” o‘tkaziladi.

Namangan “Yoshlar markazi”da Xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, deputatlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Namangan shahri va tumanlar markazlaridagi madaniyat va istirohat bog‘larida,  dam olish maskanlarida “Salomatlikni targ‘ib qilish kunlari” boshlandi.