Bugun erta tongda yurtimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimizda ham umumxalq xayriya hashari ko‘tarinki ruhda, uyushqoqlik bilan boshlandi.

Viloyat hokimligida Janubiy Koreya Respublikasining “Korea used agricultural machinery association” kompaniyasi direktori Kinmun Kim va kompaniya mutaxassisi Li Singki bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Namangan viloyati teleradiokompaniyasining telegramda rasmiy kanali (Namangan viloyati teleradiokompaniyasi) ish boshladi. Mazkur kanalda viloyat televideniyesi va “Oltin zamin” radiosi orqali efirga uzatilgan yangiliklar va dasturlar bilan tanishib borishingiz mumkin.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida sirtqi bo‘lim uchun imtihon sinovlari qizg‘in davom etmoqda. Institutning “Dizayn” yo‘nalishiga hujjat topshirgan abiturientlar talaba bo‘lish istagida navbatdagi sinov, ya’ni “Rang tasvir” fanidan kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirdilar.

2018 yilning 16 avgust sanasiga mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan tashkilot va muassasalar xodimlarining avgust oyining 1-yarmi uchun ish haqi (avans) to‘lovlari to`liq moliyalashtirildi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston musulmonlari idorasining joriy yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 21 avgust seshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi murojaatini inobatga olib, 2018 yil 21-23 avgust kunlari mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlanishi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali rasmiy xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida yangi lavozim tayinlovlari ro‘y berdi. Bu haqda vazirlikning rasmiy veb-saytida (www.iiv.uz) xabar qilindi.