O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi doirasida ishchi guruhning amaliy  yordami bilan 60 nafar yigit-qizga fuqarolik pasportlari topshirildi. Shu munosabat bilan Namangan shahridagi “Yoshlar markazi”da tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

2018 yilning 27 iyul kuni viloyat hokimligida Italiya davlatining “Advice&Consulting” kompaniyasi direktori Aleksandra Kaminski hamda  kompaniyaning O‘zbekistondagi filiali menejeri Sevara Eraliyeva bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat davomida kelajakdagi istiqbolli rejalar, xususan, Namanganda Italiya texnologiyasi asosida intensiv bog‘ va agropark barpo qilish, ko‘chatchilikni yo‘lga qo‘yish va agronom mutaxassislarni tayyorlash, mevani saqlash, qayta ishlash va qadoqlash  bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

2018 yilning 24 iyul kuni viloyat hokimligida Xitoy Xalq Respublikasi “Changan interneyshnl” korporatsiyasining Osiyo-Tinch okeani va MDH davlatlari bo‘yicha boshqaruvchi direktori Yang Shi Chun hamda MDH davlatlari bo‘yicha biznes menejeri Sindi Kay, “Hamkor group” kompaniyasi xodimlari Vang Shirong va Vang Yanglar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat davomida kelajakdagi istiqbolli rejalar, xususan, Namanganda elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashildi.

2018 yil 28 iyul kuni Uychi tumanidagi 13-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.

– Bugungi mehnat yarmarkasida 32 ta tashkilot, korxona va muassasa 184 ta bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi,-dedi tuman bandlikka ko‘maklashish markazi direktori Jahongir Madrahimov. – Tadbir davomida  63 nafar yigit-qizga mutaxassisligi bo‘yicha yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, ko‘plab yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha huquqiy maslahatlar olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Namangan viloyati hokimi boshchiligida tadbirkorlar va ishbilarmonlardan iborat delegatsiya joriy yilning 17-20 iyul kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Szinan va Sindao shaharlariga tashrif buyurdi.

Prezidentimizning shaxsan rahnamoliklari bilan mamlakatimizda sportga e’tibor tubdan oshdi. Buning natijasida sportning ko‘plab turlari qatori qo‘l jangi bilan shug‘ullanayotgan yoshlarimiz safi ham tobora kengayib bormoqda.

2018 yil 23 iyul kuni “Shedevr plaza” mehmonxonasi anjumanlar zalida O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, jumladan, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 29 maydagi 398-sonli qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularni sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ro‘y berayotgan yangilik va o‘zgarishlardan yaqindan xabardor qilish maqsadida video-konferensiya o‘tkazildi.