Band bo‘lmagan fuqarolarga 120 mlrd. 881,9 mln. so‘m, shundan 186 205 nafar yoshga doir pensiyasi oluvchi fuqarolarga 90 mlrd. 568,2  mln. so‘m, 28 566 nafar nogironlik pensiyasi oluvchi fuqarolarga 13 mlrd. 884,3 mln. so‘m, 15 983 nafar boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchi fuqarolarga 5 mlrd. 423,7 mln. so‘m, 25 656 nafar ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqarolarga 8 mlrd. 293,9 mln. so‘mlik pensiya va nafaqa to‘lovlarini hamda 2 mlrd. 711,8 mln. so‘mlik boshqa (kompensatsiya, suyunchi, dafn pullari va boshqalar) oylik to‘lovlarni o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 12 iyul sanasiga qadar to‘liq moliyalashtirildi.

Namangan shahridagi “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘inida viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan seminar tadbiri o‘tkazildi.

So‘nggi yillarda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va bunyodkorlik salohiyatini qo‘llab-quvvatlash orqali aholiga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Joriy yilning 1 iyulidan e’tiboran mamlakatimiz miqyosida “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi amaliyotga tatbiq etildi. Gap shundaki, mamlakatimiz Prezidenti ushbu Dasturni joriy etishdan ko‘zlangan maqsad, uning ahamiyati va maqsadiga oid yana bir tarixiy hujjatga - “Yoshlar - kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan viloyati Kengashi va  partiya deputatlik guruhi tashabbusi bilan “Siz hamisha e’tiborimizdasiz” shiori ostida Namangan shahridagi “Sahovat” qariyalar uyida yo‘qlov tadbiri o‘tkazildi.

Namangan shahrida “Innovatsion rivojlanish davrida intensiv yondashuv istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Namanganga ishbilarmonlik tashrifi bilan kelgan Janubiy Koreya Respublikasi texnoparklar assotsiatsiyasi raisi Jexun Li bilan viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda texnoparklar tashkil qilishning huquqiy va iqtisodiy asoslari, ishlab chiqarish va texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ta’lim tizimida davlat va xususiy sektor sherikligi tamoyili asosida rivojlanish istiqbollari kabi qator masalalar yuzasidan fikr almashildi.