Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Respublika tibbiyot sanoatining markaziga aylanib borayotgan Namangan viloyatida avgust oyi ichida ikkinchi farmatsevtika korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Kosonsoy-farm” erkin iqtisodiy zonasida yakunlangan birinchi loyiha - “Spring farmatsevtik” korxonasi ishga tushirildi.

Juma, 30 avgust kuni «Pop – Namangan» elektrlashtirilgan temir yo‘li orqali tezyurar yo‘lovchi poezdining ilk reysi amalga oshirildi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabar berdi

Vatanimiz Mustaqilligining 28 yilligi bayrami arafasida Muhtaram Prezidentimizning farmonlari bilan o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissasi, yurtimizdagi tarixiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari bilan obro‘-e’tibor topgan bir guruh namanganlik yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak orden va medallariga loyiq ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi munosabati bilan “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida keng o‘tkazilayotgan bayram tadbirlari doirasida viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi "Gimnastrada" sport festivali o‘tkazildi.

Namangan shahridagi “Navbahor” zaxira o‘yingohida mamlakatimiz bo‘ylab “Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon!” shiori ostida keng nishonlanayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 28-yilligiga bag‘ishlangan viloyat bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

2019 yil 28 avgust kuni shahar hokimligining katta majlislar zalida viloyat maktabgacha ta’lim xodimlarining “Jonajon O‘zbekistonim mangu bo‘l omon” shiori ostidagi an’anaviy avgust Kengashi bo‘lib o‘tdi.

Namangan shahridagi “Afsonalar vodiysi” parki amfiteatrida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning viloyatdagi oliy ta’lim hamda xalq ta’limi tizimlari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech