Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi tasarrufidagi o‘q otish tirida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Namanganda xalqaro moliya institutlari va fondlarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish tamoyillari hamda viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan biznes-forum o‘tkazildi. Biznes-forum doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazmalari, yangi ish boshlash arafasidagi tadbirkorlarga mahorat darslari tashkil etildi.

Namangan viloyati hokimligida O‘zbekistonning turli hududlarida zamonaviy uy-joylar qurish loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgan turkiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mingbuloq tumani hokimi Nurshod Xudoyberdiev fermer xo‘jaliklari rahbarlarini kuzgi-qishki agrotexnik tadbirlar yig‘ilishi chog‘ida nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilgani uchun Namangan viloyati ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi. Sud Nurshod Xudoyberdievga davlat foydasiga undirish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yigirma barobari, ya’ni 4 million 460 ming so‘m jarima jazosi tayinladi.

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 28 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Namanganda “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati” shiori ostida “Vatanparvarlik” festivali tashkil etildi.

9 yanvar kuni Namangan Yoshlar markazida viloyat hokimining o‘rinbosari Jamoliddin Aloydinov viloyatda yashovchi turli millat yoshlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

8 yanvar kuni “Namangan” erkin iqtisodiy zonasining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi hududida “HengBang Textile Central Asia” xorijiy korxonasining tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat hokimining o‘rinbosari Okibjon Inamov, To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi G‘ulomjon Murodxo‘jaev, “Namangan” EIZ direksiyasi direktori Murodjon G‘afurov, viloyat va tuman hokimliklari mutasaddilari, xitoylik investorlar, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech