Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta’minlash borasida To‘raqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida “Obod namuna diyori” MMTP hududidagi yangi tashkil etilgan uzumchilik kooperatsiyasini borib ko‘rdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov To‘raqo‘rg‘on tumanida aholi bandligini ta’minlashda ishlab chiqilgan o‘ziga xos tajriba bilan tanishdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov To‘raqo‘rg‘on tumanida bog‘dorchilikni rivojlantirish, meva-sabzavot agroklasterlarini tashkil qilish borasidagi ishlar bilan tanishdi.

Sinov. Sabr. Saxovat. Savob. Bu so‘zlarni tilga olishimiz, uning hayotdagi ko‘rinishlariga guvoh bo‘lgan onimiz ko‘nglimiz yorishadi, ko‘nglimiz yumshaydi. Bu iymondan, inshaalloh.

To‘raqo‘rg‘on tuman davlat soliq inspeksiyasining qaroriga asosan “To‘raqo‘rg‘on paxta tozalash” aksiyadorlik jamiyatidan jami 1 mlrd so‘m soliq qarzdorligini undirish belgilangan va bu byuroning tuman bo‘limi ish yurituviga olingan.

Bugungi karantinli davrda ham byuroning To‘raqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan sud va boshqa organlar ijro hujjatlari ijrosini ta’minlashga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan,  Byuroning tuman bo‘limi ish yurituvida Chust  tumanlararo iqtisodiy sudining 2020 yil 14 fevraldagi xal qiluv qaroriga ko‘ra “Namangan yo‘l qurish ta’mirlash” unitar korxonasidan “Oybek trans invtst” jamiyati foydasiga 345 mln so‘mdan ortiq qarzdorlikni undirish belgilangan.

Milliy gvardiya Namangan viloyat boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Namangan tumani mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi xodimlari   9 may – Xotira va qadrlash kuni arafasida tumandagi “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Kamoljon bobo Inomov xonadoniga tashrif buyurdilar.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech