Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Viloyat televideniesida har haftada bir marta 2 soatlik “Yoshlar soati” dasturi tashkillanadi. Buning 1 soati viloyatda yoshlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlardagi mavjud muammolar yoritiladi, qolgan 1 soati viloyat va shahar tumanlar hokimlari hamda mas’ul rahbarlar bilan ochiq muloqot shaklida o‘tkaziladi.

Yoshlarning malakali kasb egallashlari uchun Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya davlatlari bilan hamkorlikda kasb-hunar va zamonaviy til o‘rgatish markazlari tashkil etiladi. Ushbu markazlar yaqin oylarda faoliyat ko‘rsatishga boshlaydi. (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6 yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqot chog‘idagi nutqidan)

Viloyat yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, takliflar hamda muammolarni yuborishlari uchun viloyat hokimligi qoshida “Yoshlar murojaati” veb-sayti tashkil etiladi. Shuningdek, ma’lumotlar, takliflar va muammolarni tezkor tarzda qabul qilish uchun viloyat hokimligida “call center” ham yo‘lga qo‘yiladi. (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning 6 yanvar kuni Norinda o‘tkazilgan viloyat yoshlari bilan muloqot chog‘idagi nutqidan)

 

Viloyatda talab yuqori bo‘lgan va mutaxassislar etishmayotgan yo‘nalishlar bo‘yicha Respublika oliygohlarida ta’lim olayotgan 100 nafar talabaning kontrakti mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan hamda chet elda aniq fanlar yo‘nalishida o‘qiyotgan 10 nafar iqtidorli talabaning kontraktlari hokimlik zaxirasidan to‘lab beriladi. Bunday imtiyoz taqdim etilgan yoshlar bilan o‘qishni tamomlagach, o‘z sohasida 5 yil viloyat hududida ishlab berish yuzasidan shartnoma imzolanadi. (viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning

Namanganda viloyat hokimi rahbarligida yoshlar masalalari, muammolarini o‘rganish hamda hal etish bo‘yicha Ishchi guruh tuziladi va barcha tumanlarda yoshlar bilan bog‘liq holatni hamda mavjud muammolarni to‘liq o‘rganib chiqiladi.

6 yanvar kuni Norin tumanida viloyatimiz yoshlari bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov yoshlarga murojaat qildi. Ushbu murojaat chog‘ida “Namangan viloyati yoshlarini har tomonlama rag‘batlantirish maqsadida ko‘plab yangi tashabbuslarni ham qo‘llab-quvvatlashga qaror qildik” deb qayd etgan viloyat hokimi, 2020 yildan boshlab viloyatda hayotga tadbiq etiladigan yoshlar masalalariga oid yangi dasturni e’lon qildi.

6 yanvar kuni Norin tumanida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning viloyatimiz yoshlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya tarzida barcha tumanlar va shahar yoshlari ham ishtirok etgan uchrashuvda Muhtaram Prezidentimizning 27 dekabr kuni Toshkentda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarida berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda 2020 yilda Namangan viloyatida yoshlar masalasida qilinadigan ishlar yuzasidan so‘z bordi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech