Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Byuroning Yangiqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish to‘g‘risidagi sud hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida tegishli choralar ko‘rib kelinmoqda.

Bugungiday sinovli kunlar tom ma’noda xalqimizni yanada jipslashtirdi.  Karantin tufayli ehtiyojmand aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash, pandemiya davridagi etishmovchiliklardan betalofat chiqish uchun barcha joyda bo‘lgani kabi Mingbuloq tumanida ham xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Byuroning tuman bo‘limi tomonidan har kuni aholining kam ta’minlangan qismiga alohida e’tibor qaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash kundalik ishga aylangan.

Hayot – inson uchun bir marta beriladigan oliy ne’mat. Uning qadr-qimmati shunga monand hamisha bebaho bo‘lib qolaveradi. Inson umri halovatining asosi esa tani sihatligida. Sog‘ligimizni asray olsakkina yashash zavqidan, quvonchu shodliklaridan hech qachon bebehra qolmaymiz. Tibbiyotchilarimizning tunu kun faolligi, o‘z vazifasiga yuksak mas’uliyat bilan yondoshishi xalqimiz salomatligi barqarorligini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi. Buni ayniqsa, koronavirus pandemiyasi avj olgan favqulodda holat chog‘ida barcha yaqqol ko‘rmoqda. Bemorlarning eng yaqin najotkori vrachu hamshiralar ekanini chuqur his etishib,ixlosu ishonchlari tobora ortmoqda, desak aslo yanglishmaymiz.

Xalqimizning uy-joyga ehtiyojini to‘la qondirish uchun ipoteka tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlarini joriy etish, sohada xususiy sektorning o‘rnini oshirish borasida viloyatimiz hududida dasturli ish tashkil etishga kirishilgan.

Yangiqo‘rg‘on tumanining Buloqboshi MFY hududida 2 ga er maydonda issiqxonada limon etishtirishni tashkil etish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Yangiqo‘rg‘on tumanining “Xadikent Kelajak tongi” agrofirmasi hududida Birlashgan arab amirliklarining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyasi bilan 105,8 gektar maydonda zamonaviy intensiv bog‘ barpo etilmoqda.

Pandemiyaga qarshi kurashning ilk kunlaridanoq xalqimiz gangib qolmadi, vahimaga berilmadi. Har bir oila, har bir fuqaro kuchli davlatning mustahkam himoyasi ostida ekanini chuqur his etdi. Inson huquqlari masalasi esa har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘ldi. Buni qabul qilinayotgan va amalda qo‘llab kelinayotgan qonun hujjatlaridan ham bilish qiyin emas. Xususan, karantin davri davomida qabul qilingan Prezident Qaror va Farmonlarining tub mohiyati bir tomondan virusdan himoya, qarshi kurash kabi yo‘nalishlarni qamrab olsa, ikkinchi tomondan moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan korxonalarga ko‘mak berish maqsadida bankrotlik, jarimalar, soliq imtiyozlari, ijara to‘lovlarida shart-sharoitlar yaratishdan iborat bo‘ldi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech