Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Aqto‘be viloyatidagi fojiada halok bo‘lgan o‘zbekistonliklarni juda ko‘p davlatlarda esga olinmoqda, bir necha mamlakatlardan hamdardlik maktublari kelmoqda.

Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyatida ro‘y bergan avtobus yong‘inida fojiali halok bo‘lgan har bir yigitning xonadonida bo‘lib, ularning oila a’zolariga hokimliklar va keng jamoatchilik tomonidan zarur yordamlar ko‘rsatilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Respublikasining Oqto‘ba viloyati Irgiz tumanida "Samara-Chimkent" avtomobil yo‘lida avtobus yonishi oqibatida halok bo‘lgan 52 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot-xizmati.

Viloyat hokimligida tadbirkor va ishbilarmonlarni o`ylantirayotgan muammolarini hal qilish hamda yangi istiqbolli g‘oya va takliflarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Hokim va tadbirkorlar” uchrashuvi o‘tkazib kelinmoqda.

Bugungi kunda viloyatimizda qurilish ko‘lami kengaygani, iqtisodiyotning mazkur tarmog‘iga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib borayotgani qurilish materiallari ishlab chiqaradigan yangi korxonalar barpo etishni taqozo etmoqda.

2017 yil 4 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  “Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur hujjatda yuridik shaxslar, ya’ni korxona, tashkilot va muassasalarga qarashli avtomobillar haydovchilarning bundan buyon muntazam ravishda  o‘z malakalarini oshirib borishlari ko‘zda tutilgan.

Kosonsoy iqtisodiyot kollejida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi. Mehnat yarmarkasida Namangan shahri hamda Kosonsoy tumanidagi 90 ta korxona va tashkilot 750 ta bo‘sh ish o‘rini bilan qatnashdi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech