Namangan tumanidagi Qumqo‘rg‘on madaniyat va aholi dam olish maskanida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning sayyor qabuli o‘tkazildi. Qariyb 3 soat davom etgan qabul chog‘ida 60 dan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Minbuloq tumani hududidagi xalq bilan muloqot hamda muammolarni o‘rganish jarayonida Dovduq mahallasidagi 53-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishdi. 50 o‘ringa mo‘ljallangan va to‘liq imkoniyatda ishlayotgan maskandagi issiqlik ta’minoti va sharoitlar qoniqarli baholandi.

Aholining yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishish hamda mavjud muammolarni tezkor yechimini topish uchun Mingbuloq tumanida o‘rganish olib borayotgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, To‘psada mahallasida yashovchi nogironligi bor fuqaro Hanifaxon Umarova xonadoniga tashrif buyurdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov chekka hududlardagi maktablarning umumiy holati hamda bilim berish darajasini o‘rganish jarayonida Mingbuloq tumanidagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.

Namangan viloyat teleradiokompaniyasi orqali haftaning har payshanba kuni to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatilayotgan “Yuzma-yuz” ko‘rsatuvining bugun 5 dekabr kungi soni Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi faoliyatiga bag‘ishlandi.

Mingbuloq tumani Dovduq mahallasida o‘tkazilgan bugungi sayyor qabuldan so‘ng viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Jomasho‘y shaharchasidagi Oybek mahallasida joylashgan ikki qavatli uylardagi sharoitlar bilan tanishdi va muammolarni o‘rgandi.

Mingbuloq tumanidagi Dovduq sanoat va transport kasb-hunar kolleji binosida viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul chog‘ida 70 dan ziyod murojaatchining yuzga yaqin masalalari ko‘rib chiqildi.