Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech


Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatjon Abdurazzaqov Namangan shahridagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘ldi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining o‘rinbosari Muzaffar Akramov Namangan shahrida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uylar qurilishi bilan tanishdi.

Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatjon Abdurazzaqov faoliyatining ilk kuni Namangan shahridagi koronavirusni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar bilan tanishdi.

Majburiy ijro byurosi Namangan viloyat boshqarmasi, shahar  va tumanlar bo‘limlari tomonidang joriy yilning o‘tgan 8 oyida 529,1 mlrd. so‘mlik 108.525 ta ijro hujjatlarining ijrosi to‘liq tamomlandi. Bu haqda Byuroning viloyat boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan brifingda ma'lum qilindi.

 Joriy yilning 1-sentyabr holatiga Namangan viloyatida 142734,4 ming. AQSh dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, umumiy eksportning 54,4 % ini tashkil etdi va o‘tgan yilga nisbatan 2,7 % ga o‘sdi.

Majburiy ijro byurosining Namangan shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra qarzdor E.Yunusovdan undiruvchi M.Xusanova foydasiga bir  nafar farzandi ta'minoti uchun 1/4 qism miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud edi.

Byuroning Namangan shahar va tumanlar bo‘limlari davlat ijrochilari tomonidan soliq qarzdorliklarini majburiy tartibda undirish borasida ham tegishli choralar ko‘rib kelinmoqda. Jumladan, bo‘limlar ish yurituvida joriy yilning 1-sentyabr holatiga 7547 ta umumiy miqdori 190 mlrd so‘mlik ijro hujjatlari mavjud. Davlat ijrochilari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida 5539 ta salkam 147 mlrd so‘mga yaqin ijro hujjatlari amalda tamomlandi.

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech