Bugun respublikamizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi viloyatimizdaga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ham “Qadrdon maktabimiz bag‘rida o‘qib-o‘rganish, doimo izlanish, yangilikka, taraqqiyot cho‘qqilarini egallashga intilib yashaymiz!” shiori ostida 2017-2018 o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Chust tumanida g‘alla o‘rimini sifatli tashkil qilish vazifalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat va tuman hokimligi mas’ullari, qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari, markaziy mashina-traktor parklari hamda fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi bir qator qishloq, xo‘jaligi korxona va tashkilotlari vakillari, otryad rahbarlari, kombayn operatorlari ishtirok etdilar.

Namangan tumanida 2017 yilda o‘tkazilgan tezkor reydlar davomida “Eshobod”, “Oqbuloq”, “Nurtepa” va “Qoratepa” mahalla fuqarolar yig‘inlarida noqonuniy chiqindixonalar tashkil etilgani aniqlandi. yoki  chiqindilar sohasida qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 11 nafar fuqaroga nisbatan 1,8 million so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan. Xalq deputatlari Namangan tumani kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilingan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar borasidagi hisobotda bunday aniq misol va raqamlar aks etgan.

To‘raqo‘rgon tuman hokimligi binosini joriy tamirlash  ishlari uchun quruvchi tashkilotlar o‘rtasida TANLOV E’LON QILINADI. Ajratilgan mablag‘ 400 million so‘m.

Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarovning Facebook ijtimoiy tarmog‘ida rasmiy sahifasi ishga tushdi.

Mazkur sahifa orqali fuqarolar onlayn murojaat yuborishlari hamda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib borishlari mumkin.

“O‘zbekistonda Chelyabinsk viloyati kunlari” doirasida Rossiya Federatsiyasining Chelyabinsk viloyati gubernatori Boris Dubrovskiy boshchiligidagi delegatsiyaning Namanganga tashrifi ikki viloyat o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga katta yo‘l ochgani bilan ahamiyatlidir. Buni delagatsiya tarkibidan biznes, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, sport, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari o‘rin olganidan ham bilsak bo‘ladi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan To‘raqo‘rg‘on tumani markazidagi Ishoqxon Ibrat majmuasiga yondosh hududlar tobora chiroy ochib bormoqda. Mazkur hududda nafaqat keng ko‘lamdagi obdonlashtirish tadbirlari amalga oshirilmoqda, balki savdo va maishiy ko‘rsatish shoxobchalari barpo etilib, foydalanishga topshirilmoqda.